$
 12969.56
-10.77
 14768.44
-10.96
 157.09
2.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida “Vaqt qumlari” konsert dasturi tashkil etildi

Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida – open air formatida konsert tashkil etildi. Konsert qadimiy Chilpiq qal’asida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi. 

Pianinochi Kirill Rihter chiqishi

Ta’kidlanishicha, unda pianinochi Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etgan.

“Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin”, — deya qayd etadi Saida Mirziyoyeva.

“The Sands of Time”

Prezident maslahatchisinig yozishicha, The Sands of Time (“Vaqt qumlari”) konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. 

“Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deb yozadi u.

Теги :
Jamiyat