$
 12969.56
-10.77
 14768.44
-10.96
 157.09
2.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Bizga milliy multfilmlar kerak — Saida Mirziyoyeva “Donocha” tashabbusini olqishladi

Saida Mirziyoyeva

Prezidentining ma’naviyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontent borasida o‘z fikrini bildirdi. Unga ko‘ra, hozirda bolalarimiz iste’mol qilayotgan materiallarning asosiy qismini xorijiy mahsulotlar tashkil etmoqda.

Milliy kontentga ehtiyoj katta

“Milliy, sifatli kontentimiz, ayniqsa bolalar uchun, yetarli darajada emas. O‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga mos multfilmlar va ta’limiy materiallar kam. Shu bois, “Donocha” kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni rivojlantirish zarur”, — dedi u.

“Donocha” kabi loyihalar muhim

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva bolalar adabiyoti, ertaklar va animatsiya sohasi rivoji haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U kecha yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohadagi muammolar va takliflarni eshitganini ma’lum qildi.

“Donocha” loyihasi aynan milliy qadriyatlarni, o‘zbekona ruh va uslubni bolalarga yetkazish maqsadida yaratilgan. Saida Mirziyoyevaning bu loyihani qo‘llab-quvvatlashi esa mamlakatda bolalar uchun sifatli, o‘zbek tilidagi kontent yaratishga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Теги :
Jamiyat