$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijon va Toshkent shahar hokimliklari Ochiqlik indeksida eng yomon natija qayd etdi

indeks

O‘zbekistonda 2025-yilda tuzilgan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlik indeksida Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng yomon natija qayd etdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi. 

84 ta mezon 

Agentlik tahliliga ko‘ra, Ochiqlik indeksi 2022-yildan beri har yili eʼlon qilib kelinmoqda. 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan sakkizta indikator asosida amalga oshirilgan.

Natijalar

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va to‘qqiztasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.

2022-yildagi, yaʼni ilk baholash ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, “sariq” toifadagilar ikki barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan, deyiladi agentligi tahlilida.

Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan.

Respublika darajasidagi tashkilotlardan — O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Теги :
Jamiyat