$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Migrant bolalari uchun rus tili imtihonlarining sanasi ma’lum qilindi

migrant bola

Migrant bolalari uchun rus tilidan testlar 1-apreldan o‘tkaziladi.  Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko xabar berdi.

Imtihonlar kelgusi yilning aprel oyidan boshlanadi

Chernishenkoning so‘zlariga ko‘ra, “Рособрнадзор” test tizimlari, baholash mezonlari va metodik materiallar tayyorlashni yakunladi. “Kelasi yilning 1-aprelidan bu ish barcha ta’lim muassasalarida tizimli ravishda amalga oshiriladi”, — dedi vitse-premyer.

Shuning bilan birga, “Рособрнадзор” hozirda metodik materiallarni tayyorlash va test tizimlarini ishlab chiqishni yakunlamoqda. Endilikda bolalar rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun test topshirishlari shart bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, test davlat yoki munitsipal tashkilotlarda bepul o‘tkaziladi.

Jarayonga qaysi qonun loyihasi asos bo‘lgan edi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiyaning migratsiya siyosatini o‘zgartirishga qaratilgan yana bir qonun loyihasi tayyorlanayotganini aytib o‘tib, endilikda rus tilini bilmaydigan chet ellik bolalarga ta’lim berilmasligini ma’lum qilgan edi. Loyiha Vladimir Putinning tilni bilmaydigan chet ellik bolalar bilan ishlashga oid topshirig‘iga asosan tuzilganligini ham qayd etib o‘tgan edi.