$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endi rus tilini bilmaydigan chet ellik bolalarga ta’lim berilmaydi

Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin hukumatga mehnat migratsiyasi sohasida va migrantlar oilalariga nisbatan qo‘shimcha o‘zgarishlar taklif qilinganini e’lon qildi. Taklif qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining rus tilini bilmaydigan farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha 20-noyabrdagi majlisda ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Migrantning bolasi o‘qimasa ham bo‘laveradi

“Migrantlar bolalarini maktabga qabul qilishda ularning Rossiya hududida qonuniy bo‘lishini tekshirish, rus tilini qanchalik bilishi bo‘yicha majburiy testdan o‘tkazish, shuningdek, rus tilini bilishi tasdiqlanmaguncha umumiy ta’lim muassasalariga qabul qilishni taqiqlashni taklif qilmoqdamiz. Bu haqda tegishli qonun loyihasi kiritiladi”, — degan Volodin.

Bunday tashabbus Rossiya Konstitutsiyasiga qanchalik muvofiqligi aniqlashtirilmagan. Bundan tashqari, rus tilini qaysidir sabablarga ko‘ra hali o‘rganmagan bolalar maktablar o‘rniga qayerda va qanday dasturlar asosida ta’lim olishi kerakligiga ham aniqlik kiritilmagan.

Putinning maxsus topshirig‘i asosida

5-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus tilini yaxshi bilmaydigan yoki umuman bilmaydigan chet ellik bolalar bilan ishlash algoritmini tuzib chiqish topshirig‘ini bergan edi. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi xalqlari va rus tilini qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirish kengashiga mehnat migrantlari uchun rus tili bilim darajasiga talablarni aniqlash va belgilash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar bergan.

Taklif iyul oyida berilgan edi

Iyul oyida “Rosobrnadzor” rahbari Anzor Muzayev rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilmaslik taklifi bilan chiqdi. Unga ko‘ra, agar xorijiy fuqarolar Rossiyaga oila bilan ko‘chib kelishsa va shu yerda yashashni rejalashtirishsa, ularning bolalari rus tilini o‘rganishlari kerak. Iyun oyida Rossiya Prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeev esa maktabda rus tilini bilmaydigan birorta ham bola bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.