$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda ijara narxlari pastladi

uy

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yil fevral oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,34 foizga, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0,13 foizga tushish kuzatildi. Unga ko'ra, o‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi 1 xonali xonadonlar — o‘rtacha 394 dollarga (-0,3 foiz), 2 xonali xonadonlar — o‘rtacha 441 dollarga (-0,2 foiz), 3 xonali xonadonlar — o‘rtacha 514 dollarga (-0,4 foiz) va 4 xonali xonadonlar — o‘rtacha 594 dollarga (-0,4 foiz) pastlagan. 

Hududlar kesimidagi farqlar

O‘rtacha ta’mirlangan uylar ijarasi taklifi Sergeli va Olmazor tumanlarida nisbatan arzonroqligi kuzatilgan. Yakkasory va Miroboddagi xonadonlar ijarasi esa eng qimmat bo‘lib chiqqan. To‘liq ta’mirlangan uy-joy ijarasining 1 xonali xonadonlar — o‘rtacha 475 dollarga (-0,3 foiz), 2 xonali xonadonlar — o‘rtacha 651 dollarga (-0,6 foiz), 3 xonali xonadonlar — o‘rtacha 790 dollarga (-0,1 foiz) hamda 4 xonali xonadonlar — o‘rtacha 919 dollarga (+0,4 foiz) arzonlashgan.  

Narxlar o'zgarishi sababi 

To‘liq ta’mirlangan uylar ijarasi Sergeli va Uchtepa tumanlarida nisbatan arzonroq bo‘layotgan bo‘lsa, Shayxontohur va Miroboddagi qimmatroq bo‘gan. Umuman olganda, ijara narxlari 2022-yil ikkinchi yarmida rossiyalik relokantlar sabab keskin oshib ketgan edi. O‘shanda o‘rtacha ta’mirlangan 2-3 xonali uylar 1000 dollargacha qimmatlagan. Keyinchalik talab sovushni boshladi va 2023-yil davomida narxlar pasaya boshladi. Shunga qaramay ijara narxlari urushdan avvalgiga qaraganda yuqorilgini saqlab qolmoqda.