$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda 1 xonali uyning ijara narxi salkam 5 millionga yetdi

Уй Uy



So‘nggi vaqtlarda Toshkentda aholining soni ortib, uy-joyga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida uy bozordagi narxlarning oshishiga olib kelyapti. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasayib, to‘liq ta’mirlangan uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sgan. 

MHTI mutaxassislarining tahlili 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti(MHTI) mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan uy-joylarning ijara narxlarini tahlil qildi. Poytaxtda yanvar oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonning ijara narxi 395 dollar, ya’ni 4 mln 947 ming so‘mni tashkil etdi. 2024-yil yanvar oyida 2023-yil dekabr oyiga nisbatan Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlarida o‘rtacha 0,2 foizlik tushish, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxlarida esa 0,5 fozlik o‘sish kuzatildi.

O‘rtacha ta’mirdagi ijara uylar narxining bozordagi o‘zgarishlari 

O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari 2023-yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,2 foizga pasayib, 395 dollarni, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab, 442 dollarni tashkil etgan, lekin bu turdagi 3 xonali uylarning ijara narxlari 0,1 foizga (516 dollar), 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari esa 0,4 foizga (597 dollar) oshgan. 2023-yil noyabr oyidan buyon 2024-yil yanvar oyigacha o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,5 foiz (401 dollardan 395 dollargacha) va 2,2 foizga (452 dollardan 442 dollarga) tushdi. 

To‘liq ta’mirlangan ijara uylari 

Yanvar oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0.16 foizga qimmatlab, 477 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2 xonali uylar uchun 0.2 foizga (654 dollar), 3 xonali uylar uchun 1 foiz (791 dollar) hamda 4 xonali uylar uchun 0.6 foizga oshgan (915 dollar). 

Hududlar kesimidagi farq 

Yanvar oyida poytaxt bo‘yicha o‘rtacha ta’mirlangan uylarning eng qimmat ijarasi Mirobod, Shayxontohur hamda Yakkasaroy tumanlarida bo‘lsa, eng arzon ijaraga berilayotgan uylarni esa Bektemir va Sergeli tumanlaridan topish mumkin. To‘liq ta’mirlangan uylarning eng qimmat ijarasi Shayxontohur va Mirobod tumanlarida saqlanib qolgan bo‘lsa, eng arzon ijara uylar Bektemir va Sergeli tumanida kuzatilgan. Ma’lumot o‘rnida, ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plangan. Bunda 2023-yil dekabr oyi uchun 41,4 ming va 2024-yil yanvar oyi uchun 52,3 mingta ma’lumotdan foydalanilgan. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantlilari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirilgan.

Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.