$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi

 yordam nogironlik o

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 18 yoshdan oshgan, ovoz berish layoqatiga ega bo‘lgan nogironligi bor shaxslarning ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.

831 738 nafar nogironligi bor saylovchi

Xususan, bugun 831 738 nafar nogironligi bor shaxslar ovoz bermoqda.

Shundan:

105 404 nafari ovoz berishda ko‘makka muhtoj shaxslar;

17 309 nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar.

Qanday sharoitlar yaratildi?

Nogironligi bor shaxslarning saylov uchastkalarida mustaqil harakatlanishida inklyuzivlikni ta’minlash maqsadida bir qator qulayliklar yaratildi.

Jumladan:

Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi a’zolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi;

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi;

Saylov uchastkasiga mustaqil boruvchi shaxslar uchun alohida jihozlangan yashirin ovoz beruvchi kabinalar o‘rnatildi.

Qolaversa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan saylov uchastkalarini binolarning birinchi qavatida joylashganiga alohida e’tibor qaratildi.

Ovoz berish bugun soat 20:00 ga qadar davom etadi.