$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorazmda egizaklarning umriga zomin boʻlgan haydovchiga hukm oʻqildi

hukm

Xiva tumanida mast holatdagi haydovchi yoʻl chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan bolalarni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgandi. Sud haydovchini 9 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

2 kishining oʻlimi uchun 9 yil

Yoʻl harakati xavfsizlik xizmatining xabar berishicha, Xorazm viloyati Xiva tumanida 2 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi.Sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudida koʻrib chiqilib, haydovchi uzil-kesil 3 yilga transport vositalarini haydash huquqidan mahrum etdi.

Marhumlar egizak edi

Qayd qilinishicha, holat 2023-yilning 15-dekabr kuni tumanning Atajon To‘ra mahallasidan o‘tgan Xiva-Yangiariq yo‘lida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan Cobalt haydovchisi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan. Ulardan 2 nafari egizak (Hasan va Husan) boʻlib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Qoʻyilgan ayblov

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi, 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olingan.

Soʻnggi pushaymon oʻzingga dushman

“To‘yga borib, spirtli ichimlik ichib, rulga o‘tirib, do‘stim bilan uyga qaytishimda yo‘l chetidagi ikki bolani urib yuborganman. Keyin voqea joyidan ketib qolganman. Qilgan ishim uchun pushaymonman”, — dedi haydovchi.