$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Madaniy merosdan molxonagacha: Farosatsizlikning bahosi qancha?

m 3 27

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlarida bir qancha o‘ta achinarli huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Molxona qurish uchun buzilgan 

Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid "Kattatepa" arxeologik yodgorligi 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shu kabi, Namangan viloyati Uychi tumanida o‘rta asrlarga oid "Tolmozortepa" arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Ekin maydoniga aylantirilgan

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprog‘i 3 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd. so‘mlik, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilganligi natijasida 2,3 mlrd. so‘mlik, "Yomonqiyottepa" yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani natijasida 163 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Og‘ir jinoyat

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilangan.