$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Iste’molchilarga hisoblangan 200 million so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi

hisob

Navoiyda iste’molchilarga hisoblangan 200 million so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.

Korxona qanday huquqbuzarlik sodir etgan?

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillari natijasida viloyatda faoliyat yurituvchi tabiiy monopoliya subyekti hisoblangan “Elkimyo-Suvta’minot” MChJ tomonidan ichimlik suvi yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlari uchun iste’molchilardan 200 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari olganlik holatlari aniqlandi.

Ta'kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to‘g‘risidagi qarori tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida hamda o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Moliyaviy jarima

Mazkur holatga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilish alomatlari bilan “Elkimyo-suvtaminot” MChJga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, iste’molchilarga ortiqcha hisoblangan 200 mln. so‘mdan ortiq mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi olib borgan o‘rganishlar natijasida Namanganda 2 ta korxona 1,1 mlndan ortiq iste’molchilarga asossiz haq hisoblagani ma’lum bo‘lgan edi. Natijada, ko‘rsatilmagan xizmat uchun hisoblangan 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan edi.