$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Ko‘rsatilmagan xizmat uchun hisoblangan 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi

hisob

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat olib boruvchi “Namangan musaffo iqlim” MChJ va “Toza hudud” DUKlarning 2024-yilning 1-yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

“Yemagan somsaga to‘langan haq”

O‘rganishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan viloyatning 10 ta hududida joylashgan MFYdagi 1,1 mlndan ortiq iste’molchilarga 18 mlrd. so‘mdan ortiq ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanganligi holatlari aniqlandi.

Qayta hisob-kitob

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan musaffo iqlim” MChJ va “Toza hudud” DUK nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilib, ortiqcha hisoblangan 18 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun 15 ta korxona moliyaviy jarimaga tortilgan edi. Korxonalar grafiklarni bajarmagan va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymagan edi.