$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun 15 ta korxona moliyaviy jarimaga tortildi

jarima

Manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi yuzasidan 15 ta korxona moliyaviy jarimaga tortildi. Korxonalar grafiklarni bajarmagan va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymagan.

Qonunbuzilishini amalga oshirgan 15 ta korxona

Ma’lum qilinishicha, Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.

Bular:

“Ohangaron Don” AJ;

“Toshkentmaxsulotlari” AJ;

“TST agro klaster” MChJ;

“Shedevr Biznes OIL” MChJ;

“Tabiat nemati” MChJ;

“Ziyo kelajak sari” OK;

“Boxdir logon buka”MChJ;

“Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ;

“Alba biznes industrials” MChJ;

“O‘zbekko‘mir” AJ;

“New-empire Oil” MChJ;

“Real agro cotton” UK;

“O‘zmetkombinat” AJ;

“Bekobodsement”AJ;

“Oq tosh bekobod klaster” MChJ;

Ogohlantirish

Yuqorida aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan Kalster korxonalarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan birga, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

“Raqobat to‘g‘risidagi qonun” talablari

Ma’lumot uchun, “Raqobat to‘g‘risidagi qonun”ning 29-moddasi savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablarni belgilaydi. Ushbu talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Savdolarda ishtirok etuvchilar o‘rtasida kelishuvlar taqiqlanadi.

Savdolar natijalarini asossiz ravishda bekor qilish yoki o‘zgartirish taqiqlanadi.

Savdolar jarayoniga noqonuniy ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi.

Ushbu talablar savdolarda adolatli raqobatni ta’minlash va bozorda sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan.