$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi

stress

Shifokorlar tez-tez takrorlaydigan bir muhim tavsiya bor: “Sizga asabiylashish mumkin emas!”. Buning sababini JSST quyidagi xulosasi orqali yaqqol ifodalagan. Ya’ni bugun insoniyat hayotiga tahdid soluvchi besh asosiy xavfli omildan biri — stress!

Ruhiy zo‘riqish, ortiqcha asabiylashish va depressiya ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi ma’lum. AQSHning "Kold-Spring-Xarbor" laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida esa stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlik topildi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumot berdi.

Stress va adrenalin

Ma’lum bo‘lishicha, stressli vaziyatlarda organizmda bir qator gormonlar faollashuvi kuzatiladi. Shulardan asosiysi — adrenalin. U tufayli yurak urishi tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi va tanada qo‘shimcha energiya hosil bo‘ladi. 

Xuddi shunday ruhiy holat kortizol gormoni ishlab chiqarilishini ham faollashtiradi. Oqibatda qon tarkibida qand miqdori me’yordan oshadi. O‘z navbatida, tahdid yo‘qolishi bilan gormonlar yana normal holatiga qaytadi. 

Neytrofillar o‘simtaning “ozuqa”si

Biroq agar inson doimo stress ostida hayot kechirsa yoki tez-tez depressiyaga tushsa, yuqoridagi gormonlar barcha organlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi va bora-bora turli xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadi.

Xususan, AQSH olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida surunkali stress saraton hujayralarini paydo qilishi aniqlandi. Ya’ni ruhiy tushkun holatimizda qon tarkibidagi neytrofillar tananing o‘simtalarga moyilligini oshiruvchi yopishqoq tuzilmalar hosil qiladi.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, ushbu tadqiqot onkologik kasalliklarni davolashga doir yangi usullar va samarali strategik yondashuvlarni ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.