$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ayollar asosan qaysi sohaga ishga taklif qilinadi?

ayollar rezyumesi

O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinishi 2023-yil hisobiga asosan aniqlandi. "HeadHunter" O‘zbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvolini tahlil qildi.

Sohalar kesimida taqsimot

Tahlilga ko‘ra, 2023-yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega bo‘lgan:

— tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);

— ta’lim muassasalari (69 foiz);

— buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);

— xodimlarni boshqarish (62 foiz);

— san’at, madaniyat (58 foiz).

Takliflar 

Shuningdek, ayollar odatda ko‘proq qiziqadigan sohalar va kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, ayollarning eng ko‘p rezyumelari ma’muriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), ta’limda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan. Eng kam taklifnomalar tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravishda 21%, 19% va 17%. 

Gender omili o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda

An’anaviy “erkak” va “ayol” sohalari va kasblarini muhokama qilish tobora kamayib bormoqda. Ishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda gender omili o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. So‘nggi o‘n yildagi umumiy trend mehnat bozorining gender muvozanatiga bosqichma-bosqich yondashishini ko‘rsatadi.