$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida qarorni imzoladi

namoz hayit

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakat bo‘ylab Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari haqida maʼlumot berdi. 

Ramazon oyi tarovati

Qarorda xalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat, xayr-u saxovat, ma’naviy poklanish ayyomi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz mo‘min-musulmonlari o‘zgacha shukuh va hamjihatlik bilan o‘tkazgani, ayniqsa, rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ehson dasturxonlari yozilib, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayz-u tarovatini yanada oshirayotgani ta'kidlangan. "Hech shubhasiz, bunday savobli va oliyjanob ishlar yer yuzidagi barcha insonlarni doimo do‘st va birodar bo‘lib yashashga da’vat etadigan muqaddas islom dinimizning ezgu g‘oyalarini chuqur his etgan holda, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni, turli millat va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlikni mustahkamlashga, bugungi yorug‘ hayotimizning qadriga yetib, uni yanada obod va farovon etishga xizmat qilmoqda", deyiladi qarorda. https://president.uz/uz/lists/view/7150

Prezident qarori

Unda yozilishicha, muborak Ramazon hayiti kunlarida yanada yaqqol namoyon bo‘ladigan ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish maqsadida quyidagi qarorlar qabul qilingan. 

"1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024-yil 10-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.

Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakat bo‘ylab Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, idora 2024-yil Ramazon hayiti 10-aprel, (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi. Shunga ko‘ra hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qilishi belgilandi:

  • Andijon viloyati – 06:00
  • Namangan viloyati – 06:00
  • Farg‘ona viloyati – 06:00
  • Toshkent viloyati – 06:10 
  • Toshkent shahri – 06:10
  • Sirdaryo viloyati – 06:10 
  • Jizzax viloyati – 06:15
  • Samarqand viloyati – 06:20 
  • Surxondaryo viloyati – 06:25
  • Qashqadaryo viloyati – 06:30
  • Navoiy viloyati – 06:30 
  • Buxoro viloyati – 06:30
  • Xorazm viloyati – 06:50
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 06:50