$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda to‘rtta aeroport boshqaruvi xususiy sektorga berilmoqda

Aeroport

O‘zbekistonda Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi. Bu haqda aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha prezident SHavkat Mirziyoyev huzurida 22-fevral kuni o‘tkazilgan taqdimot marosimida bildirilgan.

Reyslar 2 barobar ko‘paygan

Taqdimot chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aviashirkatlar soni 15 taga yetgani, ulardan 10 tasi xususiy aviashirkatlar ekani, 2023-yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelingani, bular natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygani qayd etilgan. Shuningdek, Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi to‘rt karra oshib, 1 millionga yetgani urg‘ulangan.

Stabil, ammo seki

Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakatimiz strategiyasida 2030 yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish sur’atlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

Endilikdagi rejalar

Sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari ko‘riladi. Yoqilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yo‘nalish bo‘yicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi.