$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bu yilgi Haj mavsumida eng ko‘p ziyoratchi qaysi hududdan boradi?

Haj

22-maydan 23-mayga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) 240 nafar ziyoratchini olib ketadi va shu orqali 2024-yilgi Haj mavsumini ochadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports. Bu yilgi haj mavsumida aviakompaniya O ‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlarni amalga oshiradi.

Hududlar kesimida

Hududlar kesimida poytaxt Toshkentdan eng ko‘p, 5830 nafar ziyoratchi Haj safariga borishadi. Hududlar bo‘yicha parvozlarning soni quyidagicha:

Toshkent shahar – 24 ta reys;

Namangan viloyati – 14 ta reys;

Farg‘ona viloyati 6 ta,

Samarqand viloyati – 4 ta,

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari – 3 tadan reys,

Urganch va Navoiydan 2 tadan reys;

Nukus shahri – 1 ta reys.

Qaytish parvozlari

Jiddadan O‘zbekiston shaharlariga qaytuvchi parvozlar esa 22-iyundan 12-iyulgacha bajarilishi rejalashtirilgan.“O‘zbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va o‘z yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi”, — deya eslatdi Uzbekistan Airports. Maʼlumot uchun, bu yil O‘zbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.