$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Haj mavsumi uchun o‘zbekistonliklarga qancha kvota ajratildi?

Haj

Joriy yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy Haj kvotasi 15 000 nafar etib belgilandi. Bu haqda bugun, 21-may kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Ishchi guruh nazorat olib boradi

“Haj-2024” mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni paytda Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda, shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa manzillarida bo‘lib, yurtdoshlarimiz uchun barcha sharoitlarni hozirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar”, deydi Ilhom Ma’rupov.

10 ta aeroport

Bildirilishicha, o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun ajratilgan mehmonxonalar shay holatga keltirilgan. 

23-maydan 7-iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali hojilarni Madina shahriga yuborish hamda 22-iyundan 12- iyulga qadar Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.

Ishchi guruhi, shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi

Qayd etilishicha, Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish, ibodatlarni emin-erkin hamda to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun yuqori malakali ishchi guruhi, shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi. 

Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2024” vizasi bo‘lishi shart.

Теги :
Jamiyat