Gruming: O‘smirlarning ishonchini qozonish yo‘li sovg‘alar va maqtovlar bilan boshlanadi
Bugungi kunda internet tarmoqlarida o‘smirlarni sovg’alar bilan ta’minlab, doimiy maqtaydigan grumerlar soni oshmoqda. Ular o‘zlarini qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rsatib, yoshlarni manipulyatsiya qilishga urinmoqda. Xo‘sh grumer o‘zi kim? U o‘smirlar uchun qanday xavf tug’diradi? Grumingdan qanday himoyalansa bo‘ladi?
3 daqiqa o‘qiladi

Bugungi kunda internet tarmoqlarida o‘smirlar sovg’alar bilan ta’minlab, doimiy maqtaydigan grumerlar soni oshmoqda. Ular o‘zlarini qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rsatib, yoshlarni manipulyatsiya qilishga urinmoqda. Xo‘sh grumer o‘zi nima? U o‘smirlar uchun qanday xavf tug’diradi? Grumingdan qanday himoyalansa bo‘ladi?
Gruming – bu kattalar oʻsmirlar bilan jinsiy munosabatlarga kirish uchun ularning ishonchini qozonishga xatti-harakatlardir. U odamlarni goʻyo qoʻllab-quvvatlayotganday koʻrinishi mumkin, maqtovlar aytishi va oʻsmirlarning ularga ishonishlari uchun sovgʻalar berishi mumkin. Ayniqsa, bunday muloqot nafaqat real hayotda, balki Internetda ham sodir boʻlishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Ular koʻpincha quyidagi usullardan foydalanadi:
Diqqat va maqtovlar. Grumerlar oʻsmirlarni oʻzini oʻzgacha his qilishlariga harakat qilishadi. Ular oʻsmirning tashqi koʻrinishini yoki sevimli mashgʻulotlarini maqtab, ularda oʻziga xos narsalarni alohida koʻrsatadilar.
Sovgʻalar va yordam. Ishonchni mustahkamlash uchun grumerlar sovgʻalar yoki yordam taklif qilishlari mumkin. Ba'zida grumerlar oʻsmirlar orzu qilgan onlayn oʻyinlarda pul, sovgʻa kartalari yoki hatto oʻyin ichidagi narsalarni taklif qilishadi. Avvaliga bu beziyon tuyulishi mumkin, lekin grumerlar koʻpincha sovgʻalarni keyinchalik muammolarni murakkablashtirishi mumkin boʻlgan majburiyat tuygʻusini yaratish uchun ishlatishadi.
Asta-sekin yaqinlashish. Ishonch oʻrnatilgach, grumer shaxsiy savol berishga oʻtadi. Masalan u shunday savol berishi mumkin: «Sening hech kim bilmaydigan sirlaring bormi?» yoki «Uyda ishlaring yaxshimi? Sen doimo menga sirlaringni ishonishing mumkin». Asta-sekin bu savollar yanada shaxsiylariga oʻtadi — ota-onalar bilan munosabatlar, doʻstlik, muammolar yoki oʻziga ishonchsizlik. Bu grumerga oʻsmirning nozik joylarini aniqlashga yordam beradi.
Bosim va manipulyatsiyalar. Grumer oʻsmirning unga ishonishiga ishonch hosil qilganida, u psixologik bosim oʻtkazishni boshlaydi. Masalan, shaxsiy fotosuratlarni soʻrashi yoki biron sirni ishonishini soʻrashi mumkin. Agar oʻsmir shubha qilsa yoki rad etsa, grumer tahdidlarga oʻtishi mumkin:
«Menga ishonmasang va siringni aytmasang, demak sening doʻsting boʻla olmayman» yoki «Men oʻrtamizda oʻzgacha munosabatlar bor deb oʻylagandim, sen esa hatto iltimosimni bajarmayapsan».
Oʻsmirlar e'tibor qaratishi kerak boʻlgan gruming belgilari:
Haddan tashqari maqtov va qoʻllab-quvvatlash. Agar begona yoshi katta odam doimo sizni maqtab, "yagona doʻst" boʻlib koʻrinishga harakat qilsa va sizni hammadan yaxshiroq tushunishini aytsa, bu ishonchga kirishga harakat boʻlishi mumkin.
Boshqalardan yakkalashga harakat. Bunday odam ota-onangiz, doʻstlaringiz yoki boshqa kattalar sizni tushunmasligini aytishi va faqat u sizga nima kerakligini bilishi haqida gapirishi mumkin.
Sir saqlash talabi. Begona katta odam suhbatlaringiz haqida hech kimga, ayniqsa ota-onaga gapirmaslikni soʻrasa bu tashvishli signal.
Nooʻrin savollar. Notanish kattalarning shaxsiy hayotingiz, oilangiz, muammolaringiz yoki uchrashish takliflaringiz haqida savollari, ayniqsa, agar siz onlayn muloqot qilsangiz, shubha uygʻotishi kerak.
Internetda grumingdan qanday himoyalanish mumkin?
Shaxsiy ma'lumotlaringizni cheklang. Hech qachon shaxsiy ma'lumotlar (manzil, telefon raqami, suratlar)ni begona odamlar bilan boʻlishmang.
Sovgʻalar va yordam takliflariga ehtiyotkorlik. Hatto sizga nimadir bepul taklif qilishsa yoki jiddiy emasday koʻrinsa-da, bu bogʻliqlik oʻrnatishga harakat boʻlishi mumkin.
Sirli uchrashuvlar va shaxsiy suratlarni yuborishni rad etish. Ayniqsa eslab qoling – hatto bezarar suratlarni yuborish tahdidlarga olib kelishi mumkin.
Bosim yoki tahdidlarni xis qilsangiz yordam soʻrang. Nimadir gʻalati yoki noqulay boʻlib tuyulsa, bu haqida ishonadigan kattalarga gapiring.
Oʻzingizni grumingdan himoya qilishingiz oʻrinli ekanligini unutmaslik kerak. Hech kim Internetdagi kattalarga faqat doʻstona munosabatda boʻlgani uchun ishonishi shart emas.



