$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Google endi o‘zining sun’iy intellektidan qurol yoki kuzatuv vositasi sifatida foydalanishi mumkin

Google

Google o‘zining sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha etik tamoyillarini yangilab, ilgari texnologiyani qurol-yarog‘ va kuzatuv uchun ishlatmaslik haqidagi va’dasini olib tashladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

SI bo‘yicha me’yorlar hali tartibga solinmagan

OpenAI 2022-yilda ChatGPT suhbatdoshini ishga tushirganidan beri sun’iy intellekt poygasi bosh aylantiradigan tezlikda rivojlanib bormoqda. Sun’iy intellektdan foydalanish keng tarqalgan bo‘lsa-da, undagi shaffoflik va axloq bo‘yicha qonunchilik hamda me’yorlar hali yetib kelmagan. Endi esa Google o‘zi belgilagan cheklovlarni yumshatganga o‘xshaydi.

Bungan demokratik davlatlar tomonidan e’lon qilingan SI asoslari sabab bo‘lgan

Seshanba kuni tadqiqotlar, laboratoriyalar, texnologiyalar va jamiyat bo‘yicha katta vitse-prezident Jeyms Manyka va Google DeepMind rahbari Demis Xassabis blog yozuvida demokratik mamlakatlar tomonidan e’lon qilingan sun’iy intellekt asoslari Google’ning “sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflarini tushunishini” chuqurlashtirgani haqida ma’lum qilishdi.

“Tobora murakkablashib borayotgan geosiyosiy vaziyatda sun’iy intellekt yetakchiligi uchun global raqobat mavjud. Bizning fikrimizcha, demokratiyalar erkinlik, tenglik va inson huquqlarini hurmat qilish kabi asosiy qadriyatlarga asoslanib, sun’iy intellektni rivojlantirishda yetakchilik qilishlari lozim”, – deya ta’kidlandi blogda.

Oldin kompaniya bu Pentagon bilan 10 milliard dollarlik shartnomadan voz kechgan

Unga ko‘ra, 2018-yilda kompaniya AI’ni insonlarga zarar yetkazishi yoki xalqaro normalardan tashqari kuzatuv uchun ishlatmaslikni kafolatlagan edi. Hatto o‘sha yili Google Pentagon bilan 10 milliard dollarlik shartnomadan voz kechgan va minglab xodimlar harbiy texnologiyalar yaratishga qarshi petitsiya imzolagan edi.

Google o‘z tamoyillarini qayta ko‘rib chiqdi

Biroq, AI texnologiyalarining jadal rivojlanishi fonida Google o‘z tamoyillarini qayta ko‘rib chiqdi. Kompaniya rahbarlari demokratik mamlakatlarning AI bo‘yicha tamoyillari ularga texnologiyaning imkoniyat va xavflarini yaxshiroq tushunishga yordam berganini ta’kidlamoqda. Endi Google AI’ni “odamlarni himoya qilish, global taraqqiyot va milliy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash” maqsadida rivojlantirishga chaqirmoqda.

Bu o‘zgarish Google’ning AI sohasidagi kelajakdagi siyosatiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, ammo bu qaror sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha global bahs-munozaralarni yanada kuchaytirishi aniq.

Теги :
Jamiyat