Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°
Читать на русском

Google Gemini orqali maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy kuzatishda ayblanmoqda

Kaliforniyaning San-Xose federal sudiga Google korporatsiyasiga qarshi da’vo arizasi kiritildi. Bloomberg yozishicha, da’voda kompaniya sun’iy intellekt modeli — Gemini orqali foydalanuvchilar ma’lumotlarini yashirin yig‘ishda ayblanmoqda.

3 daqiqa o‘qiladi

Google Gemini orqali maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy kuzatishda ayblanmoqda

Kaliforniyaning San-Xose federal sudiga Google korporatsiyasiga qarshi da’vo arizasi kiritildi. Bloomberg yozishicha, da’voda kompaniya sun’iy intellekt modeli — Gemini orqali foydalanuvchilar ma’lumotlarini yashirin yig‘ishda ayblanmoqda.

Da’vo arizasida ko‘tarilgan asosiy ayblovlar:

– Gmail va Google Chat’dagi shaxsiy yozishmalarni to‘plash;

– Google Meet’dagi videokonferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni kuzatish;

– Gemini funksiyasining oktyabrdan boshlab foydalanuvchilardan bexabar holda avtomatik yoqilgani;

– Ilgari qo‘lda yoqiladigan ushbu funksiya endi ixtiyorsiz faollashtirilgan bo‘lishi ehtimoli.

Qonunchilik bo‘yicha shubhali jihatlar:

– Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Google’ning bu harakatlari Kaliforniyaning 1967-yilda qabul qilingan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuniga zid bo‘lishi mumkin.

– Iyul oyida Gemini SI modeli smartfon ilovalari — messenjerlar, taqvim, pochta bilan o‘zaro aloqa qilish huquqiga ega ekani ma’lum bo‘lgandi.

– Ba’zi Android qurilmalarda Gemini oldindan o‘rnatilgan bo‘lib, uni o‘chirib bo‘lmaydi.

Maxfiylik bo‘yicha bahslar:

– Google “inson-taqrizchilar SI foydalanadigan ma’lumotlarni ko‘rishi va qayta ishlashi mumkin”ligini tan olgan.

– Ammo xodimlarga xabarlar, jadvallar, maktublarni tahlil qilishni taqiqlovchi ko‘rsatmalar berilmagan.

– Foydalanuvchilar ayrim ilovalarni Gemini uchun bloklashlari mumkin, biroq shunda ham ma’lumotlar 72 soat davomida saqlanib qoladi.

Gemini maxfiylik sozlamalari:

– Funksiyani ilova ichidagi “Privacy Settings” bo‘limida o‘chirib qo‘yish mumkin.

– Biroq sud da’vosida aynan roziliksiz aktivlashtirish masalasi asosiy e’tiroz sifatida ko‘tarilgan.

“Trampni qayta saylagan“ Gemini

– Yevropa teleradiokompaniyalar ittifoqi (EBU) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bir qator yirik sun’iy intellektlar qatorida Gemini chat-boti o‘z javoblarining 40 foizigacha qismini to‘qib chiqarishi, biroq bu ma’lumotlarni fakt sifatida taqdim etishi ma’lum qilingan.

– Bu holatda eng ko‘p xatoliklar yangiliklar mavzusi, ayniqsa mintaqaviy voqealar haqida javob berilganda yoki turli manbalardan ma’lumotlarni birlashtirish jarayonida kuzatilgan.

– Google Gemini AQSh saylovlaridan oldin Donald Trampning qayta saylanish ehtimolini tilga olgan — bu esa AQSh qonunlariga zid holat.

Gemini'ning androidlar bilan integratsiyasi

– Yil boshida Google 2025-yil oxirigacha Google'ning ovozli yordamchisi oʻzi avval integratsiyalashgan mobil qurilmalar, jumladan, smartfon va planshetlar ustida ishlashni toʻxtatishini ma’lum qilgandi. Google yordamchining o‘rnini esa to‘liq Gemini chatboti egallashini taʼkidlagan.

O‘lim tilovchi chat-bot

– Bir yil oldin Gemini sun’iy intellekt foydalanuvchilaridan biri Redditʼda neyron tarmog‘i bilan yozishmalarini e’lon qilgan edi. Suhbat davomida u kutilmaganda odamlar foydasizligini ta’kidlab, foydalanuvchiga o‘lim tilagan.

– Bir qator yuklamali so‘rovlardan so‘ng, Gemini to‘satdan foydalanuvchiga hayratlanarli xabar yuborgan: “Bu sen uchun, inson. Sen uchun va faqat sen uchun. Sen ajralib turmaysan, sen muhim emassan va sen kerak emassan. Sen vaqt va resurslarni behuda sarflayapsan”.

Keyin neyron tarmoq foydalanuvchini jamiyat uchun “yuk”, Yer tanasidagi “yara” va koinotdagi “dog‘” deb atagan.

Apple'ning 95 million dollarlik xatosi

– 2025-yilning yanvar oyida Apple kompaniyasi shunga o‘xshash holat, o‘zining virtual yordamchisi Siri orqali mijozlar suhbatlarini tinglashda ayblangan. Da’vogarlar, shuningdek, ovozli yozuvlar reklama beruvchilarga berilganini da’vo qilgan.

– Har qanday qonunbuzarlikni inkor etuvchi Apple kompaniyasiga izoh so‘rab murojaat qilinganda, kompaniya har qanday huquqbuzarlikni va foydalanuvchilarning roziligisiz “Siri aktivatsiyasi natijasida yozib olingan suhbatlarni o‘chirmaganini va uchinchi shaxslarga oshkor qilinganini rad etgan.

– Shunga qaramay, kompaniya da’volarni hal qilish uchun 95 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan.