$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Giyohvandlikka oid jinoyatlarning uchdan bir qismi yoshlar tomonidan sodir etilmoqda

giyohvandlik

27-noyabr kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga qaratilgan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Unda senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.

Yoshlar orasida giyohvandlik xavfi ortmoqda

Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida giyohvand moddalar iste’moli nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun dolzarb muammo ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, 2019–2023-yillarda respublikamizda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarning 22-25 foizi yoshlar (30 yoshgacha) tomonidan sodir etilgan. Mazkur ko‘rsatkich joriy yilning o‘tgan 8 oyida esa 33,4 foizni tashkil etgan.

13,8 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilingan

Yoshlar orasida “Tropikamid”, “Pregabalin” (“Lirika”, “Regapen” va “Lipre”), “Zaleplon” (“Selofen”) kabi kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “Tramadol” dori vositalari keng tarqalgan.

Tadbir davomida ichki ishlar organlari tomonidan 2021–2023-yillarda bu kabi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida zaruriy chora-tadbirlar olib borilgani, natijada, 13,8 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilingani aytib o‘tildi.

Giyohvand moddalar savdosi internet va messenjerlar orqali kengayyapti

So‘nggi vaqtlarda onlayn platformalar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi uchun qulay axborot maydoniga aylanib bormoqda. Internet makonida giyohvandlik vositalari va psixoaktiv moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot manbai aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarda, 38 tasi esa telegram messenjeri orqali faoliyat yuritgan.

Telegram messenjerida shu mazmunda 38 ta axborot manbai aniqlangan. Ularning umumiy auditoriyasi 119 671 nafar foydalanuvchini tashkil etgan.

Eshituv davomida mutasaddilar tomonidan bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berildi.

Теги :
Jamiyat