$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Omega-3 kislotasining ozishda qanday foydalari bor?

omega

Omega-3 yog‘ kislotalari yurak, bosh miya va immun tizimi uchun foydali ekani barchaga ma’lum. Ammo uning ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda samarali ekani haqida ko‘pchilik bilmaydi. Quyida omega-3 ning ozdiruvchi xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Organizmda kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi

Ma’lum qilinishicha, Omega-3 termogenez jarayoni, ya’ni organizmda haroratni saqlash va ovqatni qayta ishlash uchun ko‘proq energiya sarflash jarayonini rag‘batlantiradi. Bu esa ko‘proq kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.

American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, omega-3 ni muntazam ravishda iste’mol qilish metabolizm tezligini 3-5 foizga oshirishi mumkin. Bunda organizm energiya manbai sifatida ko‘proq yog‘lardan foydalana boshlaydi.

Yog’ kislotasi ishtahani nazorat qiladi

Omega-3 to‘qlik hissi uchun javob beradigan leptin gormoni miqdorini oshiradi va ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. Leptin darajasining ko‘payishi ovqatlanish istagini susaytiradi va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.

Appetite Journal nashrida ma’lum qilishicha, omega-3 yog‘ kislotalari iste’mol qilinadigan umumiy kaloriyalar miqdorini kamaytiradi.

Surunkali yallig‘lanish metabolizmni sekinlashtiradi va ortiqcha yog‘larning to‘planishiga olib keladi. Omega-3 esa yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, shu orqali metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.

O‘ziga xos energiya manbai

Insulin bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha semizlikka olib keladi. Omega-3 organizmning insulinga ta’sirchanlik xususiyatini yaxshilaydi, natijada glyukoza ortiqcha yog‘ zaxirasi bo‘lib to‘planmay, energiya manbai sifatida ishlatiladi.

Omega-3ni qanday shaklda iste’mol qilish kerak?

Omega-3 moddasining eng foydali manbasi bu yog‘li baliq (losos, sardina) yoki dengiz o‘tlari kabi tabiiy mahsulotlardir. Ularni muntazam iste’mol qilishning iloji bo‘lmasa, tabletka ko‘rinishidagi qo‘shimchalarni qabul qilish mumkin,

Umuman olganda, omega-3 xavfsiz qo‘shimcha bo‘lsa-da, uni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bu qoida, ayniqsa, surunkali kasalligi bor bemorlar uchun muhimdir, chunki omega-3 qon ivishiga ta’sir qiladi.