$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Gegemon” korxonalar mustaqil mablag’ jalb etishga o’rgatiladi

positive

Bunday yirik korxonalarga mablag’ ajratish 2 yil ichida 40%ga kamaytiriladi.

Kreditlarning 30%

Davlat banklari bergan kreditning 92 trillion so‘mi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonasiga to‘g‘ri keladi.

Bunday yirik korxonalar transformatsiya qilinmoqda, moliya bozorlariga mustaqil chiqib, o‘zi mablag‘ jalb qilishga o‘rgatilmoqda.

Masalan, “Uzbekneftegaz”, “Uzavtosanoat” 1 milliard dollardan ortiq yevrobond chiqardi. Navoiy kombinati ham chetdan o‘zi bond olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yirik korxonalar mustaqil bo’lishi kerak

Endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi ta’kidlandi.

Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.

Imkoniyat bor

Yuqorida nomlari keltirib o’tilgan “Uzbekneftegaz” yoki “Uzavtosanoat” kabi yirik korxonalar davlat banklari ajratadigan kredit va mablag’larning juda ham katta qismini egallab yubormoqda. Vaholanki, ularda mablag’larni mustaqil jalb etish va yo’naltirishga yetarlicha imkoniyatlar mavjud.

Bunday korxonalarga mablag’ ajratishni susaytirish hamda mustaqil bo’lishga o’rgatish boshqa kichik va rivojlanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga e’tibor hamda mablag’ ajratish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot