$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Sovuq ob-havo sababli tabiiy gaz cheklovi uzaytirildi

Gaz

Avvalroq 1-martdan boshlab tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yori 500 kubometrdan 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi. Biroq mart oyida havo haroratining pasayishi va aholining ehtiyojlari inobatga olinib, ushbu cheklovning muddati uzaytirildi.

Sovuq ob-havo hisobga olindi 

Mutaxassislarning xabar berishicha, mart oyida kechayu kunduz haroratning 0°C darajadan pastga tushishi ehtimoli mavjud. Bu esa odatdagidan ancha sovuq bo‘lishini anglatadi. Ayni shu sababli, hukumat aholining qulayligini ta’minlash maqsadida bazaviy me’yorni qisqartirish rejasini kechiktirdi.  

Prezident topshirig‘i asosida qaror qabul qilindi 

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, Vazirlar Mahkamasi 500 kubometr bazaviy me’yorni 2025-yil 1-apreligacha uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ushbu chora-tadbir aholining energiya resurslaridan uzluksiz foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

Теги :
Jamiyat