$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda 8,85 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

gaz

Buxoro viloyatining Kogon tumanida gaz taʼminoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh oʻtkazgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Qing‘ir ishning qiyig‘i

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Tutkunda” MFYda joylashgan “B. B.” MJCHga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichdan tashqari yer osti quvuri orqali aholi uchun moʻljallangan gaz quvuriga yashirincha ulanib, tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelingani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 8,85 mlrd soʻmlik zarar keltirilgani aniqlandi. Mazkur jarayon boʻyicha toʻplangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ferma aniqlanib, elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln. so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan edi.