$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Jizzaxda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ferma aniqlandi

elektr

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tekshiruvini oʻtkazganda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ferma aniqlandi.

3 millliard 764 million so‘m zarar yetkazilgan

Ma’lum qilinishicha, “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sharof Rashidov tumanida joylashgan "J.D.S.Y." fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln. so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi .