$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik ko‘cha qurilishining 1-bosqichi yakunlanish muddati kechiktirildi

Taras

Taras Shevchenko ko‘chasining gastronomik ko‘chaga aylantirilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu ko‘chada olib borilayotgan qurilishning 1-bosqichi yakuni oktyabr boshiga qadar kechiktirildi. Bu haqda Mirobod tuman hokimligi xabar berdi.

Gastronomik ko‘chada piyodalar uchun alohida yo‘lak qurilgan

Ma’lum qilinishicha, Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik alleyani barpo etish bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichini yakunlash muddati 10-oktabrga ko‘chirildi. Bugungi kunda mazkur loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha ishlar koʻlami yakuniy bosqichga o‘tgan.

Gastronomik ko‘cha bo‘ylab 6 ta foto-zona barpo etilgan, 39 ta kichik va 17 ta katta torsherlar o‘rnatilgan, 1 ta avtobus bekati qurilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20 ta o‘rindiq va axlat qutilari o‘rnatilgan hamda wi-fi tarqatish tizimlari montaj qilingan.

Shuningdek, poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida qariyb 3000 kv.m piyodalar yoʻli barpo etildi, qatnov yo‘lining asosiy qismi (2600 kv.m) esa tabiiy granit toshdan terildi.

Yo‘lga granit tosh yotqizilishi sababli muddat kechiktirilgan

Hududni obodonlashtirish ishlarini dastavval sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan edi. Obodonlashtirish ishlari davomida yo‘lning asfalt qoplamasini tabiiy granit toshga almashtirish qarori qabul qilingani tufayli loyihaning birinchi bosqichini yakunlash muddati oktyabr oyining boshiga ko‘chirildi.

Ayni paytda hududda ko‘kalamzorlashtirish, ya’ni yashil zonalarni barpo etish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda – alleya bo‘ylab 30 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Shu tufayli Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik alleyani barpo etish bo‘yicha birinchi bosqich ishlari 10-oktabr sanasida yakunlanishini va shu sanadan ikkinchi bosqich ishlariga start berilishi ma’lum qilinmoqda.

Oqshom vaqtidan boshlab ko‘cha avtomobillar uchun yopiladi

Ma’lumot uchun,ushbu ko‘chada joylashgan tadbirkorlik subyektlari 24 soatlik ish rejimiga faoliyat yuritadi va yo‘lning o‘zi kechki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha avtomobillar uchun yopiladi va piyodalar hududiga aylanadi.

Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik alleyani barpo etish bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanganidan so‘ng ushbu manzilda transport qatnovi yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlarda qayta yo‘lga qo‘yiladi.