$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Pley-offdan avvalgi jiddiy sinov: Parij sari parvoz davom etadi

AFC U23

Bugun, Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining guruh o‘yinlari nihoyasiga yetadi. So‘nggi turda “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Vetnam bilan bahs olib bordi. Ikki turdan so‘ng har ikki jamoa hisobida 6 ochkodan mavjud. O‘zbekiston ham, Vetnam ham 2-turdayoq guruhdan chiqish masalasini hal qilib ulgurgan. O‘zbekiston-Vetnam uchrashuvida g‘alaba qozongan jamoa musobaqa pley-off bosqichida Saudiya Arabistoni bilan, mag‘lub jamoa esa Iroq bilan to‘qnash keladi. 

Barchasi reja asosida davom etmoqda — Temur Kapadze

O‘zbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Hamma sog‘-salomat. O‘yinga tayyormiz. Barchasi reja asosida davom etmoqda. Vetnam ham yaxshi jamoa. Oson bo‘lmaydi. Kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz. Legionerlarning safimizga qo‘shilganidan xursandmiz. Jamoaga kuch qo‘shishadi. Ular kelishmaganida ham maqsadimiz o‘zgarmasdi. Rotatsiya? Ha, tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Abduqodir Husanovni asosiy tarkibda tushirib, unga o‘yin amaliyoti bermoqchimiz. Abbos Fayzullayevni esa vaziyatga qarab 2-bo‘limda o‘ynatmoqchimiz», — deydi murabbiy. 

Men bugun ertalab yetib keldim — Abbosbek Fayzullayev 

Tur avvalida tarkibga kelib qo‘shilgan Abbosbek Fayzullayev ham o‘yin oldi fikrlari bilan bo‘lishdi. "Vetnamga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladim. Men bugun ertalab yetib keldim. Hozir birinchi mashg‘ulotni o‘tkazyapman. Ertangi o‘yinga tayyorlanib, g‘alabaga erishamiz deb umid qilyapman. Klubim bilan muzokaralar yaxshi o‘tganidan xursandman. Ertangi o‘yinga faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Baribir birinchi o‘rinni egallab chiqish yaxshiroq deb o‘ylayman. Ertangi raqibimiz – Vetnam ham yaxshi raqib, ular ham 6 ochko to‘plagan. Ertaga yaxshi bahs bo‘ladi", — deydi Fayzullayev O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Vetnam uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Bahsga Doha shahridagi “Khalifa International” stadioni mezbonlik qiladi.

Теги :
Жамият