$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatorida qayd etildi

Freedom House

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti 26-fevral kuni o‘zining navbatdagi hisobot reytingini ommaga taqdim qildi.

O‘zbekiston bilan bog‘liq vaziyat qay holda?

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistondagi erkinlik ko‘rsatkichi 100 balldan 12 ballni, siyosiy erkinlik ko‘rsatkichi 40 balldan 2 ballni, internet erkinligi ko‘rsatkichi 100 balldan 27 ballni, fuqaroviy erkinliklar ko‘rsatkichi 60 balldan 10 ballni tashkil etgan va bu ko‘rsatkichlar mamlakatni “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatoriga kirishiga sabab bo‘lgan. Ma’lumot uchun, xalqaro inson huquqlari tashkiloti saytida O‘zbekiston haqida tafsilotli hisobot keltirilmagan.

Asosiy muammolar

Hisobotda dunyo aholisining 40 foizi “erkin bo‘lmagan” deya baholangan mamlakatlarda, yana 40 foizi “qisman erkin bo‘lgan” mamlakatlarda, faqat 20 foizigina “erkin” mamlakatlarda istiqomat qilayotgani qayd etilgan hamda saylov natijalarining soxtalashtirilishi, urushlar va insonlarning ifoda erkinligi cheklanishi asosiy muammolar o‘laroq sanalgan. 

Freedom House reytingi haqida

Freedom House reytingiga 195 ta mamlakat va 13 ta hudud kiritilgan bo‘lib, ulardagi erkinlik 25 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan. Siyosiy va fuqaroviy erkinliklar eng abgor joylar o‘laroq Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Ukraina hududlari ko‘rsatilgan. Freedom House bahosiga ko‘ra, u yerda erkinlik darajasi manfiy darajagacha pasayib ketgan. Bundan sal yaxshiroq vaziyat Tibetda (0 ball), Janubiy Sudan va Turkmanistonda (1 balldan) qayd etilgan. 

Jahondagi eng erkin mamlakat Finlyandiya bo‘lib chiqqan: bu mamlakat 100 ballga ega bo‘lgan. Norvegiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya 99 ball bilan ikkinchi o‘ringa chiqqan. Freedom House qaydicha, umuman olganda dunyodagi erkinlik darajasi 19-yildan buyon to‘xtovsiz pasayib bormoqda.

Теги :
Jamiyat