$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

"Bavariya" chempionlik seriyasining shomi yaqin

Bayer

Bugun yakshanba. Bir qator ligalarda asosiy o‘yinlar kuni. Xususan, Germaniya, Italiya va Angliyada ham. Bugungi o'yinlqr ichida o'zbek segmentiuchun qiziqarli bo'lgan bahslar — Bayer — Verder, Arsenal — Aston Villa va Inter — Kalyari o‘yinlaridir. Biri APLning markaziy o‘yini maqomida, biri esa Eldor Shomurodovning nomdor klub va futbolchlarga bo‘lgan qarshiligi bilan ahamiyatli, yana birida Bundesliga chempionligi hal bo'ladi.

Bundesliga 

"Bayer" va Alonso Bundesliganing ushbu mavsumida 24 g‘alaba va 4 durang qayd etdi. Shuningdek 69 ta gol urilgan, 19 ta o‘tkazib yuborilgan. Bundan tashqari, ular "Bavariya" va "Shtutgart"dan 13 ochko oldinda. Bugun Bundesliganing 29-turida "Bayer" o‘z uyida "Verder"ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olishi rejalashtirilgan. Agarda leverkuzenliklar bu bahsda g‘alaba qozona olsa, ta’qibchi "Bavariya" bilan oradagi farqni 16 taga yetkazadi va chempionlikni rasmiylashtiradi. Hozirda Xabi Alonso shogirdlari 28 bellashuvda 76 ochko jamg‘argan, 2-o‘rindagi myunxenliklar esa 29 o‘yinda 63 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bugun chempionlik masalasi hal qilinsa, "Bavariya"ning ketma-ket 11 talik chempionlik seriyasi yakunlanadi. Bundan avval oxirgi marta Bundesligada 2011/2012 yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshchiligidagi "Borussiya" chempion bo‘lgan.

Angliya va Italiya 

Soat 20:30da "Arsenal" ushbu turning markaziy o‘yinida o‘z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi. Artetaning shogirdlari 2004-yildan beri orziqib kutilayotgan orzu yo‘lini davom ettira oladimi yoki yo'q, manashu o'yin bunga javob beradi. Shuningdek, bugun Italiya A Seriyasi 32-tur uchrashuvlari ham davom ettiriladi. Ushbu turda Raneri boshchiligidagi "Kalyari" Milanda "Inter" mehmoni bo‘ladi. Mazkur bellashuv uchun sardiniyaliklarning kengaytirilgan tarkibidan Eldor Shomurodov ham o‘rin oldi. U jamoasiga yordam berishga tayyoyr.