$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Bunyodkor”da tomosha ko'rsatgan muxlislar jazoga tortildi

bunik

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, JCH-2026 hamda OK-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi bahsdan so‘ng tartibsizlik keltirib chiqargan fuqarolar qonuniy jazoga tortilgan.

An’anaga aylanayotgan huquqbuzarlik

26-mart kuni "Bunyodkor" stadionida JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Gonkong (3:0) bellashuvi o‘tkazildi. Muxlislar va futbolchilar uchun "yengil" o‘tgan o‘yin O‘FA va o‘zbek futboli uchun yoqimsiz tarzda yakunlandi. Afsuski, bu holat ilk marotaba emas va ketma-ket sodir bo‘lmoqda. O‘yin yakunlangach, o‘yinni bevosita maydondan ko‘rish uchun kelgan o‘nga yaqin muxlis qonun-qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydon to‘siqlaridan oshib o‘tib, maydonga, yana ham aniq qilib aytadigan bo‘lsak, futbolchilar tomonga yugura boshlashdi. Kimdir o‘zining sevimlisi futbolkasini olish uchun, yana kimdir, shunchaki tomosha ko‘rsatish maqsadida.  

IIB axboroti

"Yuz bergan holatda stadion xodimlari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mas’ullarining har qancha ogohlantirishlariga qaramay, bu shaxslar o‘z bilganlaridan qolmadilar. Futbol maydonida tartibsizlikni yuzaga keltirgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga ham qarshilik ko‘rsatdilar. Shundan so‘ng ular darhol Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelindi. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga yetmagan shaxs bo‘lganligi sabab Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga binoan ularning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. Qolgan 3 nafar shaxs yuzasidan ham ma’muriy bayonnoma tuzildi va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi. Sud tomonidan qoidabuzarlarning 2 nafari N.A. va K.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalariga binoan 5 sutkadan, M.M.ga esa 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi", – deyiladi Toshkent shahar IIB xabarida.

Теги :
Jamiyat