$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Maydon milliarderlari: O‘zbek va Yevropa top-5 ligasi futbolchilari qancha "oylik" oladi?

football money

Fransiyaning "L’Equipe" gazetasi Yevropa top ligalari futbolchilarining oylik maoshlarini turli ligalar miqyosida reytingini tuzib chiqdi. Desertga esa o‘zbek futbolidagi murabbiylar va futbolchilarning maoshlari bilan qiziqib ko‘ramiz.

Premer-liga

Dastlab barcha uchun qiziqarli bo‘lgan Angliya chempionatiga to‘xtalsak. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne egallab turibdi, u soliqlar hisobga olinmaganda, oyiga 2,02 million yevro maosh oladi.

Premer-ligada eng ko‘p maosh oluvchi 5 nafar futbolchi ro‘yxati quyidagicha:

1. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) – 2,02 million yevro

2. Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 1,9

3-4. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 1,77

3-4. Kazemiro (“Manchester Yunayted”) – 1,77

5. Rafael Varan (“Manchester Yunayted”) – 1,72

1-Liga 

Fransiya chempionatida ham bir qator qiziqarli raqamlarni kuzatish mumkin. Ushbu liga miqiyosida 10 ta futbolchidan iborat reytingni taqdim qilamiz. 1 Ligada eng ko‘p maosh oluvchi 10 nafar futbolchi ro‘yxati quyidagicha: 

1: Kilian Mbappe (PSJ) 6 million yevro 

2: Usmon Dembele (PSJ) 1,12 million yevro 

3: Markinyos (PSJ) 1,12 million yevro 

4: Lukas Ernandes (PSJ) 1,11 million yevro 

5: Milan Shkrinyar (PSJ) 1,1 million yevro 

6: Jianluiji Donnarumma (PSJ) 849 500 evro 

7: Marko Asensio (PSJ) 831 000 evro 

8: Randal Kolo Muani (PSJ) 750 000 evro 

9: Achraf Hakimi (PSJ) 738 600 evro 

10: Nordi Mukiele (PSJ) 700 000 evro

LaLiga 

Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingini "Real" yarim himoyachisi David Alaba boshqarib bormoqda. U soliqlardan tashqari 1,88 million yevro oladi. Ro‘yxat quyidagicha shakillangan: 

1. David Alaba (“Real Madrid”) – 1,88 million yevro; 

2. Robert Levandovski (“Barselona”) – 1,87 million yevro; 

3-6. Vinisius Junior (“Real”) – 1,67 million yevro; 

3-6. Djud Bellingem (“Real Madrid”) – 1,67 million yevro; 

3-6. Ilkay Gyundogan (“Barselona”) –—1,67 million yevro; 

3-6. Yan Oblak (“Atletiko Madrid”) – 1,67 million yevro.

A seriya

A seriyaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari peshqadami “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen, ikkinchi o‘rinda “Yuventus”ning ikki vakili bo‘lib turibdi.

Eng yaxshi uchlikdan iborat reyting quyidagicha:

1. Viktor Osimhen (“Napoli”) – soliqlar oldidan oyiga 1,5 million yevro;

2. Dushan Vlahovich (“Yuventus”) – 1,07 million yevro;

3. Voysex Shesniy (“Yuventus”) – 1 million yevro.

Bundesliga

Germaniya Bundesligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingi taqdim etilib, ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn egalladi. Angliyalik hujumchining maoshi oyiga 2,1 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni darvozabon Manuel Noyer va hujumchi Tomas Myuller (har biri 1,66 million yevro) bo‘lishdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni yarim himoyachilar Kingsli Koman va Serj Gnabri (har biri 1,42 million yevro) bo‘lishdi. Ma’lumot uchun, bu mavsumda "Bavariya" chempionlik unvonini yo‘qotishga yaqin turibdi. Bundesliganing 26-turidan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklar «Bayer»dan 10 ochko ortda qolmoqda.

O‘zbek futboli

O‘zbekiston futbolida boshqa sohalardagi kabi maosh masalasi ochiqlanavermaydi, desak xato bo‘ladi. Ochiqlanmaydi. Faqatgina bundan uch yil avva "Paxtakor" klubi matbuot xizmati tarixda ilk bor klub futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi. Unda ma’lum bo‘lishicha, klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari legionerlar - shveysariyalik Eren Derdiyo‘q (yillik maosh 1,3 mln yevro) hamda serbiyalik Dragan Cheran (350 ming dollar) hisoblanishgandi. Asosiy tarkibdagi mahalliy futbolchilarga esa bir xilda - yiliga 153 million 120 ming so‘mlik maosh tayinlangan. Shu bilan birgalikda, futbolchilarga o‘yinlardagi ishtiroki va ko‘rsatgan natijalariga qarab alohida mukofot pullari belgilangan va bu miqdorlar yillik maoshlardan bir necha baravar (ayrim holatlarda bir necha o‘n baravar) yuqori ko‘rsatilgan. Masalan, jamoa himoyachisi Yegor Krimetsga 4 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli chiqarilgan. Shuningdek, Anzur Ismoilov (1,7 mlrd), Aziz Turg‘unboyev (1,4 mlrd), Sardor Sobirxo‘jayev (1,4 mlrd), Farrux Sayfiyev (1,1 mlrd), Sherzod A’zamov (1,1 mlrd), Eldor Suyunov (1,1 mlrd), Abror Ismoilov (1 mlrd) miqdorida mukofot puli olgan. Bugungi kundagi futbolchilarning maoshlarini ham qisman mana shu ma’lumotlardan kelib chiqib tahmin qilsak bo‘ladi. Murabbiylarning maoshiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bugungi kunda grand jamoalr murabbiylari tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra 15-25 ming dollar oralig‘ida oylik maosh olishadi.