$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistondagi ovqatlanish korxonalarining moliyaviy holati qanday?

Fastfood

2023-yilda umumiy ovqatlanish korxonalari budjetga 999 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo'mitasi axborot beradi. 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 378 ta yuridik shaxs tomonidan 999,4 mlrd. so‘m soliq to‘langan. Shundan 170,7 mlrd. so‘mi, ya’ni 17,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln. so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 26,3 mlrd. so‘m. Bu statistika orqali koxnalrning tovar aylnmasi va O'zbekistonda ovqatlanish kompaniyalari bir yil ichida qay darajadagi o'sishga eishgnini hm ko'rishimiz mumkin. 

Yuqori ikkilik

Soliq qo'mitasining axborotiga ko'ra, 2023-yilda “Evos” savdo aylanmasi 620 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu o'tgan yilgi kabi barcha umumiy ovqatlanish kompaniyalari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. U bilan raqobatlasha oladigan yagona kompaniya hali ham "KFC" bo'lib, u 567 milliard so'mni tashkil qilgan. Yil davomida ikki kompaniya ham yaxshi o'sishga erishgan — "Evos" 70%, "KFC" 76%.

Ikkinchi eshelon

Qolgan barcha ovqatlanish kompaniyalari moliyaviy tomonlama yuqoridagi ikki kompaniyadan ancha orqada. Agarda "Max Way" o'sish sur'atlarini pasaytirmasa, nazariy jihatdan bu ikkisiga yaqinlasha olishi mumkin, ammo uning hozirgi tovar aylanmasi 75 mlrd.ni tashkil qiladi. Qiziqarlisi, "KFC" "Evos"dan kamroq mahsulot sotgan bo'lsa-da, budjetga ko'proq soliq to'lagan. Bu ko'rinish 2022-yilda ham, 2023-yilda ham sodir bo'lgan.

Umumiy bozor haqida 

Qahvaxonalar tipida "B&B" 18 milliard so'mni tashkil etgan. ABN-MB qo'shma korxonasining ("Bon!" va boshqa brendlar) aylanmasi qolganlaga nisbatan biroz yuqoriroq — 20 milliard so‘mni tashkil etgan. Restoranlar haqida gap ketadigan bo'lsa, "Syrovarnya" (Italiya oshxonasi) 46 milliard so'm, "Afandi" (Turk oshxonasi) 11,1 milliard so'mni tashkil qilgan. Umuman olganda, O‘zbekistonning “oq” umumiy ovqatlanish bozori hali ham kichik tovar aylanmasiga ega(11 trillion so‘m), lekin u ham tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda (2022-yilga nisbatan +42 foiz).