$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil oxiriga kelib kredit foizlari qanday shakllanadi?

foiz

Yil yakuniga yaqin bank sektorida foiz stavkalarida yuqori darajadagi barqarorlik saqlanib qolmoqda. O‘tgan yil davomida o‘rtacha foiz stavkalari turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, so‘nggi natijalar hali ham kredit va depozitlar bo‘yicha yuqori foizlarni tasdiqlaydi. Bu aholining kreditlash imkoniyatlari va depozitlar bo‘yicha daromadlilikka ta’sir qilmoqda.

Kredit stavkalari o‘sishda davom etmoqda

Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yil davomida 23,5% darajasiga ko‘tarilib, 0,2 foiz bandiga oshdi. Ayniqsa, chakana kreditlar o‘rtacha stavkasi 24,3%ga yetib, bu o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga oshgan. Shu bilan birga, korporativ kreditlarning o‘rtacha stavkasi to‘rtinchi oydirki 22,7% darajasida barqaror qolmoqda.

Depozit stavkalari

Muddatli depozitlarning o‘rtacha foiz stavkasi 19,4%ni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foiz bandiga pasaydi. Aholi omonatlari bo‘yicha foiz stavkalar esa tarixiy maksimum 22,1% darajasida saqlanib qolmoqda. Bu aholi uchun depozitlarni saqlashning jozibadorligini oshiradi. Korporativ depozitlarning o‘rtacha stavkasi esa 7 oydan buyon pasayish va ko‘tarilish fazalarini almashtirmoqda, bu esa korporativ sektor uchun barqarorlikni qiyinlashtirmoqda.

Odatda, yilning oxirgi oylarida iqtisodiy faollik ortishi foiz stavkalarining mavsumiy o‘sishiga olib keladi. Ushbu davrda aholining iste’mol kreditlariga bo‘lgan talabi va banklarning likvidlik ehtiyojlari oshadi. Shu sababli, foizlar yuqoriligicha qolmoqda.

2024-yil foiz stavkalari holati

So‘nggi yillarda o‘rtacha foiz stavkalari quyidagi tarzda o‘zgarib kelmoqda:

 • 2019 yil: 22,9%

 • 2020 yil: 26,3%

 • 2021 yil: 21,2%

 • 2022 yil: 21,7%

 • 2023 yil: 22,7%.

2024-yilda kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 24,1% darajasida bo‘lib, bu o‘tgan yillarga nisbatan oshganini ko‘rsatadi. Jumladan, 1 yildan yuqori muddatli kreditlar uchun foiz stavkasi 24,5%ni tashkil qilgan, chakana kreditlar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 25,1%ga yetgan. Depozitlar bo‘yicha esa aholi omonatlari 22,1% bilan tarixiy maksimumda saqlanib turibdi, korporativ depozitlar o‘rtacha 25,8%ni tashkil etgan.

Теги :
Iqtisodiyot