$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

3 oyda mingta fohisha

Fohisha

Jamiyatda g’alati illatlar ko‘p uchraydi. Ulardan biri – fohishalik. Garchi bu mavzu yopiq mavzulardan hisoblansa-da, barchaga birdek tanish va keng tarqalgan “faoliyat” hisoblanadi. Fohishalik bilan shug‘ullanganlardan so‘raydigan bo‘lsangiz, odatda bu ish bilan shug‘ullanishga sabab qilib pulga ehtiyoj, nochorlikni keltirishadi. Keyinchalik bu ishni oson pul topish yo‘li deb bilib, kundalik faoliyatga aylantirib olishadi. 

Fohishalik faqat ayollarda emas 

Jamiyatda fohishalik bilan shug’ullanuvchilar, asosan, ayollar hisoblanadi. Shu sababdan ham barchaning hayolida bu faqat ayollarga xos ish. Lekin, bu ba’zan erkaklar va bolalarda ham uchrab turadi. Erkaklar orasidagi fohishalik tarixi ham ham qadimgi qullik davriga borib taqaladi. 

Tarixga nazar 

Fohishalik antik jamiyatda paydo boʻlgan. Ayniqsa Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va Xitoyda keng tarqalgan boʻlgan. Fohishalik koʻpicha “dunyodagi eng qadimiy kasb” deb ataladi. 

Fohishalikning yillik daromadi 

Fohishalik hozirda baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan, bir necha mamlakatlarda ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zoʻrlab yoki zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki aldash yoʻli bilan fohishalikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. Dunyo boʻylab fohishalikdan tushgan daromad 100 milliard AQSH dollaridan koʻp deb taxmin qilinadi. 

O‘zbekistonda fohishabozlik 

Bu “faoliyat” turi joytanlamas bo‘lib, O‘zbekistonda ham o‘ziga yarasha ommalashgan. Lekin qonunan ushbu ish taqiqlangan hisoblanadi. Qonunchilikka ko‘ra, nafaqat fohishalik, balki fohishaxona tashkil etish, qo‘shmachilik ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga koʻra, fohishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlarda qoʻshmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qoʻllaniladi. 

3 oyda 1068 ta fohisha 

Bu borada reydlar ham tez-tez o‘tkazilib turiladi. Shuningdek, joriy yilgi tezkor tadbirlarda ham uch oy davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlanib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan.  

92 foizi viloyatdan kelganlar 

IIBBning aniqlashicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan. Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. 

Qonunchilik bu borada… 

Ma’lumot uchun, fohishalik bilan shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. 

Shuningdek, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash O‘zbekiston Respublikasining 131-moddasiga asosan jinoyat sifatida malakalanadi va sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Теги :
Жамият