$
 12049.44
52.23
 14024.34
75.18
 163.92
2.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Fitch Ratings MKBANK reytingi prognozini yaxshiladi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings MKBANKning uzoq muddatli emitent defolt reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozni “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi.

Bu nimani anglatadi?

“BB” reytingi bankning moliyaviy majburiyatlarni bajarish qobiliyati yetarli darajada yuqori ekanini anglatadi. Fitch prognozining “Ijobiy”ga ko‘tarilishi esa kelajakda reyting yanada yaxshilanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Agentlik qarorida MKBANKning moliyaviy ko‘rsatkichlari mustahkamlanayotgani, aktivlar sifati yaxshilanayotgani hamda bankning bozordagi pozitsiyasi kuchayib borayotgani qayd etilgan.

Fitch Ratings haqida

Ma’lumot uchun, Fitch Ratings dunyoning eng yirik uchta xalqaro reyting agentligidan biri hisoblanadi. Uning baholari investorlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan kompaniya hamda banklarning ishonchliligini aniqlashda muhim mezon sifatida qo‘llaniladi.

Reklama huquqlari asosida