Mikrokreditbankning kredit reytingi “BB-” dan “BB” darajaga koʻtarildi
Reytingning oshishi Mikrokreditbankning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzini oshiradi, yangi sarmoya imkoniyatlarini yaratadi, mijozlarga esa raqobatbardosh, ishonchli mahsulotlar taqdim etish imkonini yaratadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli emitent defolt reytinglarini (LT IDRs) “BB-” darajasidan “BB” darajaga ko‘tardi va prognozni “Barqaror” deb belgiladi.
Bu nimani bildiradi?
Shu bilan birga, Hukumat qo‘llab-quvvatlash reytingi (GSR) ham “BB-“ darajasidan “BB” darajaga yaxshilandi. Bu o‘zgarish O‘zbekiston suveren reytingi oshirilgandan so‘ng amalga oshirildi. Bu bankning moliyaviy barqarorligi yanada mustahkamlanayotgani va uning faoliyatiga bo‘lgan ishonch ortayotganini aks ettiradi.
Xalqaro nufuz
Reytingning oshirilishi Mikrokreditbankning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzi va ishonchliligini oshirish bilan birga, bank uchun sarmoyalarni jalb qilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ochadi hamda mijozlarga yanada raqobatbardosh va ishonchli moliyaviy mahsulotlar taqdim etilishiga xizmat qiladi.
Reklama huquqlari asosida



