$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston qanchalar erkin?

erkinlik

O‘zbekiston erkinlik indeksida Markaziy Osiyo davlatlarining ichida uchinchi bo'ldi.Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti yana bir bor O‘zbekistonni "erkin bo‘lmagan" mamlakat sifatida baholadi. O‘zbekistonda erkinlik darajasi maksimal 100 balldan 12 ballga baholangan. O‘tgan yillar mobaynida bu ko‘rsatkich 10 va 11 ballarni tashkil etgan.

Erkinlik indeksi

"Freedom House" tashkilotining 2024-yilgi erkinlik reytingi e’lon qilindi. Unda maksimal 100 balldan 100 ball to‘plagan Finlandiya birinchi o‘rinni egalladi. MDH davlatlari esa quyi pog‘onalarni egallashda davom etmoqda. Xususan, Rossiya va Belarus bir nechta pog‘ona yo‘qotib reyting tubiga yaqinlashib oldi. Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari quyidagicha ball to‘plashgan:

— Qirg‘iziston - 27

— Qozog‘iston - 23

— O‘zbekiston - 12

— Tojikiston - 5

— Turkmaniston - 2

2023-yilgi reyting

Avvalgi yil hisobotdan kelib chiqilsa, yig‘ilishi mumkin bo‘lgan 100 balldan 12 ball ololgan O‘zbekiston Eron, Kuba va Bahrayn kabi davlatlar bilan bir safda bo'lgan. Shuningdek, avvalgi reytingda ham Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” sirasiga kiritilgan. Ulardan 27 ball olgan Qirg‘iziston bilan 23 ball olgan Qozog‘iston O‘zbekistondan oldinroqda bo‘lgan bo'lsa, 7 ball olgan Tojikiston bilan 2 ball olgan Turkmaniston ortda qolgan.