$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt qancha elektr sarflaydi?

AI energy

Sun’iy intellekt ishlash jarayonida juda ko‘p miqdordagi elektr sarflanadi, bu haqda The New Yorker jurnali xabar berdi.

Bir kunda 200 millionta so‘rov

Niderlandiya Milliy banki tahlilchisi Aleks de Fris keltirgan raqamlar jurnalistlarning e’tiborini tortdi. Fris hisoblashicha, har kuni eng ommalashgan ChatGPT chat-boti 200 milliontacha so‘rovga javob toparkan. Ushbu servisga xizmat ko‘rsatuvchi serverlarga buning uchun 500 ming kilovatt-soat energiya zarur.

Xonadon sarfi bilan taqqoslansa…

Mutaxassis ChatGPT iste’molini AQShdagi o‘rtacha xonadon yiliga sarflaydigan 29 kilovatt-soat energiya bilan taqqosladi. Shular asosida Aleks de Fris chat-botning energiya sarfi juda yuqori, ya’ni 17 ming marotaba ko‘p, degan xulosaga keldi.

Bir necha mamlakatlarning yillik ist’emolidan ko‘p sarf

Sun’iy intellektning elektr tarmog‘iga yuklamasini hisoblash murakkab ish. Tahlilchiga ko‘ra, agar Google o‘z qidiruv tizimiga generativ sun’iy intellektni ulasa, elektr iste’moli yiliga 29 milliard kilovatt-soatga oshib ketadi. Bu, masalan, Keniya, Gvatemala va Xorvatiya kabi mamlakatlarning yillik elektr iste’molidan ko‘proq.

"Men sun'iy intelektning energiya sarflash qobiliyatiga ega ekanligini va kelgusi yillarda u sarflayotgan energiya sarfi o'sish traektoriyasining potentsialligini ko'rdim hamda odamlarga bu texnologiyaning ham energiya talab qiluvchi ekanligini tushuntirishga shoshildim", - deydi Fris.