$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishga fuqarolarni nima majbur qilmoqda?

energetika elektr hisoblagich

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.R.” va “O.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 90 va 11 kVt bo‘lgan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 180,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash holatlar

4 kunda 6,5 mlrd. so‘mdan ortiqroq qiymatdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari haqida xabar berilgan edi.

Quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan edi.

Fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Yangi qonun yangi qonunbuzarliklarga yo‘l ochmoqda(mi)?

Senatning 10-iyul kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangan edi.

Bunga ko‘ra, 1-avgustdan elektr energiyasidan me’yoridan ortiq foydalangan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan edi.

Fuqarolarning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishiga nima sabab bo‘lmoqda?

“200 kVt/soatlik elektr energiyasi sizga yetyaptimi?” degan savol bilan so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda ishtirok etgan jami 1652 nafar ishtirokchining 79 foizi, ya’ni 1263 nafari mazkur ijtimoiy norma umuman yetmayotganini aytgan. Respondentlarning 14 foizigina 200 kVt/ soat bir oyga yetayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, 10 foizi amallab yetkazish mumkin degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tkazilgan jonli so‘rovnomada ham aksariyat qatnashchilar 200 kVt/soat ijtimoiy norma oilalariga yetmayotgani, oqibatda xarajatlari bir necha baravarga ortganini ma’lum qilgan.

200 kVt/soat bir oilaga yetmayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, butun boshli YaTT, fermerlar, xususiy bizneslar egalari nima qilishi mumkin? Topilayotgan foydaning hammasi elektr energiyasi va soliqlarga yo‘naltirilsa, hech qanday daromad qolmaydi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot