$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Gaz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Buxoro tuman bo‘limi, "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "B." MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan

Tabiiy gaz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar N.J. va A.K. umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etib, 5 dona gaz plita va boshqa uskunalarni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 110,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi ya’ni o‘g‘rilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.