$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

1-avgustdan elektr energiyasini hisoblash boʻyicha yangi billing tizimi ishga tushiriladi

billing

Yangi billing tizimida monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste'molchining shikoyat va takliflari, ularning soni yozib boriladi.                  

Yangi billing tizimi

Joriy yilning 1-avgustidan Oʻzbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari"AJ birinchi oʻrinbosari Alvar Gʻaybullayev xabar berdi.                                                                                                                                                                                                             Hozirda korxona iste'molchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobi 2012-yilda joriy qilingan billing toʻlov tizimi asosida yuritiladi.

“Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022-yilning oxirida yangi tizim boʻyicha texnik shartlar ishlab chiqildi. Joriy yilning 1-avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi”, — dedi Gʻaybullayev.

Yangi tizimning farqi

Qayd etilishicha, hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan.                                                                                                                                                                                      

“Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport ma'lumotlari va hisobraqami boʻlgan boʻlsa, yangi tizimda abonentning kadastr ma'lumotlari, bitta odam nomida nechta hisobraqami borligi kabi ma'lumotlar mavjud boʻladi.

Yangi tizimda monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste'molchining shikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi. Umuman boshqa billing boʻladi”, - deydi Alvar Gʻaybullayev.

Billing tizimining mobil ilovasi

Ma'lum qilinishicha, tizimning mobil ilovasi ham ishlab chiqilgan. U orqali amalga oshirilgan toʻlovlar hamda iste'mol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn olish mumkin boʻladi. Shuningdek, kompaniya mas'uli “aqlli” hisoblagich bilan ta'minlanganlik darajasi 90 foizni tashkil etishini ma'lum qilgan. Hududlarda 782 mingta “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatish belgilangan boʻlib, bugungi kunda shundan 210 mingta abonent qolgan.

8,5 mln. aholi "aqlli" hisoblagichlar bilan taʼminlanadi

Joriy yilning 1-avgustigacha qolgan iste'molchilar ham “aqlli” hisoblagichlar bilan ta'minlanadi. Natijada, koʻrsatkich 100 foizga yetkazilishi, ya'ni mavjud 8,5 mln. abonent qamrab olinishi kutilmoqda.                                                                                                                                                                                                        “Bir narsani aytish kerakki, mamlakatda 100 foiz „aqlli“ energiya hisoblagichlari oʻrnatildi, deb boʻlmaydi, nimaga deganda, yillik oʻsish 2 foizni tashkil etadi: aholi koʻpaymoqda, uy-joy qurilmoqda, ishlab chiqarish ortmoqda. Shunday ekan, koʻrsatkichni 100 foizga yetkazib boʻlmaydi”, — dedi Gʻaybullayev.

Теги :
Jamiyat