$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-iyul voqealari

Qora 17-iyul

Selda oqib ketgan yana bir qirg‘izistonlikning jasadi Andijondan topildi

Joriy yil 14-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrining qator qishloqlarida sel hodisasi kuzatildi. Kuchli suv oqimlari avtomobillarni oqizib ketgan, shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan. Sel oqibatida besh kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan edi.

Mamlakat FVV selda halok bo‘lgan fuqarolardan biri – 1985-yilda tug‘ilgan B.A. (ayol)ning jasadi O‘zbekiston qutqaruvchilari tomonidan Andijon shahridagi kanaldan topilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-iyul kuni qidiruvdagi ayolni O‘sh shahri markaziy bozoridan sel olib ketgan. Shundan buyon fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan.

Raqobat qo‘mitasi “Korzinka” tarmog‘i jarimaga tortilishini bildirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i (“Anglesey Food” MChJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Anglesey Food” MChJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi, shuningdek, unga ushbu reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

745,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

“Samolyotda portlovchi modda bor” deb aytgan aviareys yo‘lovchisi qo‘lga olindi

Bildirilishicha, joriy yilning 15-iyul kuni soat 03:15 da Ichki ishlar organlariga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga “samolyotda portlovchi modda bor” deb aytgani haqida xabar kelib tushgan.

Samarqand viloyati IIB Portlovchi moddalarni zararsizlantirish guruxi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida, mazkur bortda hech qanday portlovchi, yonuvchi yoki shubhali buyumlar mavjudligi aniqlanmagan.

Теги :
Jamiyat