$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘g‘rilarga ochiq bozor

positive

O‘g‘rilarga ochiq bozor

Yaqin 4 kunda 6,5 mlrd.dan ortiqroq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari haqida xabar berildi.

Korxonalarning sof bo‘lmagan daromadi

Yaqin kunlarda e’lon qilingan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlaridan aksariyatida fermer xo‘jaliklari yoki korxonalar qonunbuzarlik sodir etishgan.

Tadbirkorlar sof daromadni ochiq holatdagi tabiiy boyliklarni og‘irlash evaziga ko‘paytirishmoqchimi yoki bunday yo‘llar bilan orttirilgan daromadga nisbatan javobgarlik haqida ular "yaxshiroq" ogohlantirilmagan?! 

Fermalar va korxonalar

Xonqa va Farg‘onada:

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanda faoliyat yurituvchi "A.B." fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 694,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi va "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "A.V." fermer xo‘jaligi rahbari S.S. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasoslarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 254,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Buxorodagi holatlar:

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi, "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "B.B." MCHJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "H.A." MCHJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro Sh.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh bo‘ldi. 

Yana bir holatda, Departamentining Buxoro tuman bo‘limi, "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "B." MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 

 "Mayning ferma", Toshkent :

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Guliston" MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. "Sultonravot" MFY hududidagi turar-joy binosida "ArtMiner S9" rusumli mayning qurilmasiini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazganligi fosh qilindi.  

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat