$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Energetika obyektidagi elektr qurilmalarning 779 tasida meyoridan ortiq qizish holatlari aniqlangan

energetika

Avariyalarni oldini olishga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganilganda 413 ta energetika obyektidagi elektr qurilmalarning 779 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi. Energetika obyektlaridagi mas’ul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmayotganligi oqibatida avariyaviy o‘chishlar yuzaga kelmoqda. 

Transformatorlar me’yoridan ortiq qizib ketgan

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energetika xavfsizligi oyligi doirasida elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

Xususan, joriy yilning so‘nggi bir oyi davomida hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirildi. Unga ko‘ra 413 ta podstansiya va transformator punktidagi elektr qurilmalarning 779 tasida meyoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi. 

Andijon shahridagi 110/6 kVli “Baxt” podstansiyaning elektr qurilmalari teplovizor bilan o‘lchanganda kontaktlardagi harorati 215,9ºC ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich meyoriy ko‘rsatkichdan o‘ta yuqori hisoblanadi.

Mas’ullar o‘z ishiga jiddiy qarashmayapti

Energetika obyektlaridagi mas’ul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmayotganligi oqibatida avariyaviy o‘chishlarga, uskunalarni shikastlanishiga va o‘z navbatida elektr ta’minoti buzilgan iste’molchilarni o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelmoqda. 

Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar rasmiylashtirilib, aniqlangan holatlarning 706 tasi bartaraf etildi. Kamchiliklarni bartaraf etmagan mas’ullarga tegishli choralar ko‘rildi.