$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Tesla" joy ololmagan sevimli elektromobillar reytingi

elektromobil

"J.D. Power" tahlilchilari eng yaxshi elektromobillar reytingini tuzishdi. Yuqori top-10 lik haydovchilarning tanlovi asosida aniqlandi. Reytingda texnik xususiyatlar bilan birga, haydovchilar uchun qulaylik kabi jihatlar hisobga olindi. Yakunda kutilmagan natija kelib chiqdi.

Tahlil qilingan omillar

Elektromobillarni baholashda haydovchilarning qanoatlanish darajasini belgilovchi quyidagi omillar hisoblandi:

- Mashinaning quvvati qancha masofaga yetishi va ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan raqamlarga mosligi

- Muayyan elektromobil uchun mos quvvatlash stansiyalarining mavjudligi

- Uyda turib quvvatlashning osonligi

- Mashinaning narxi

- Mashinani haydashdan olinadigan zavq

- Ichki va tashqi dizayn

- Xavfsizlik va texnologik jihatlar

- Xizmat ko‘rsatishning murakkabligi

- Ishonchlilik va sifat

Reyting natijalari 

Haydovchilar bahosiga ko‘ra, eng yaxshi elektromobillar ro‘yxatida birinchi o‘rinni "Mini Cooper Electric" egalladi.

Ikkinchi — "Ford Mustang Mach-E", uchinchi — "Hyundai Iqoniq 6". To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda — "Kia EV6" hamda "Nissan Ariya". Ozgina kam ball to‘plagan "Chevrolet Bolt EUV" keyingi pog‘onadan o‘rin olgan bo‘lsa, uning “egizagi” — "Chevrolet Bolt EV" yettinchi o‘rinda. Shuningdek, tegishli ketma-ketlikda "Hyundai Iqoniq 5", "Kia Niro EV" va "Ford F-150 Lightning" top-10 ro‘yxatida joylashdi.

Gibrid avtomobillar norozilik qurshovida 

Tahlilchilar tomonidan umumfoydalanishdagi quvvatlash stansiyalari kam bo‘lgan elektrokarlar juda past baholandi. Haydovchilarning fikricha, yuqori sifat elektr motorli mashinalarning eng kuchli jihati bo‘lishi shart. Tadqiqotga ko‘ra, birinchi marta elektromobilga o‘tirganlar ikkilanmasdan yana benzinli mashinaga qaytishlari mumkinligini aytishgan. Ammo elektromobilini uch marta yangilashga ulgurganlar orasida bunaqalar ozchilik. Elektromobil haydovchilari eng norozilar — gibrid mashinalardan foydalanuvchilar. Agar elektr quvvati yetarli bo‘lmasa, gibridlar kutilganidek yonilg‘ini tejamasligi ta’kidlangan va bu borada ichki yonuv dvigatelli odatiy gibridlar va modellarga yutqazishi aytilgan.