$
 12902.00
8.93
 13428.40
41.53
 127.60
1.64
weather
+26
Кечаси   +14°

11 oyda O‘zbekistonga qancha elektromobil import qilindi?

Elektromobil

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 215,3 mln. AQSh dollariga teng 22 223 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Qaysi davlatlardan ko‘proq?

11 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:  

  • Xitoy — 22 122 ta  
  • Qozog‘iston — 51 ta 
  • Gonkong — 17 ta  
  • Germaniya — 14 ta  
  • Boshqa davlatlar — 29 ta.

Atmosfera ifloslanishining oldini oladi

Eslatib o‘tamiz, elektromobillardan foydalanish atrof-muhit uchun bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bir yil davomida foydalanilgan bitta elektromobil o‘rtacha 1 500 kg. (CO2) karbonad angidrid bilan atmosfera havosini ifloslanishining oldini oladi.

Mazkur transport vositalari nafaqat tejamkor, balki chiqindilarni kamaytirish va shaharlardagi havo sifatini yaxshilashga sezilarli yordam beradi. Elektr transport vositalari chiqindi gazlarini ishlab chiqarmaydi, bu esa karbonat angidrid (CO2), azot oksidi (NOx) va zarrachalar (PM) kabi havoni ifloslantiruvchi moddalar darajasini bevosita kamaytiradi.

Taqqoslash uchun, har bir benzin yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobil 15 ming km. masofani bosib o‘tganda atmosferaga 3 tonnagacha karbonat angidrid gazi, 93 kg. uglevodorodlar, 0,5 tonna uglerod oksidi, 30 kg. ga yaqin azot oksidi chiqaradi. Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillarda bu koʻrsatkichlar biroz yuqori. 


Теги :
Jamiyat