$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklarga eski elektr hisoblagichlari bepul almashtirib beriladi

Iste’molchilar eskirgan hisoblagichlardan foydalanish elektr energiyasi uchun to‘lov va hisob-kitoblarda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Bepul almashtirish

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jismoniy shaxslarga ASКUE tizimiga mos zamonaviy elektr hisoblagichlari eski qurilmalar o‘rniga bepul o‘rnatib berilayotganini ma’lum qildi.

Kimlar murojaat qilishi kerak

Xonadonida ASКUE tizimini qo‘llab-quvvatlamaydigan eski turdagi hisoblagichlar o‘rnatilgan fuqarolardan ularni almashtirish uchun tuman yoki shahar elektr ta’minoti bo‘limlariga murojaat qilish so‘raldi.

Xavf nimada?

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tizimga mos kelmaydigan hisoblagichlardan foydalanish elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish va hisob-kitoblarni yuritishda muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.